Prezidentdan “hayfsan” olgan Sultonov ishsiz qoldirilmadi

Jamiyat

image

Bugun, 7 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qaror bilan Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarligidan ketgan Dilshod Shuhratovich Sultonov ishsiz qolmadi. U bugunning o‘zida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Dilshod Sultonov joriy yilning iyul oyida Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingan Farhod Mirzayevning o‘rniga Yangiyo‘l shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Dilshod Sultonov  2018 yilning sentyabridan bugunga qadar Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2 avgust kuni Prezident raisligidagi yig‘ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirining soliqqa mas’ul o‘rinbosari sifatida “hayfsan” olgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Toshkent viloyatining Bekobod tumani hamda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumaniga ham yangi hokimlar tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Dilshod Sultonov Yangiyo'l shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing