Prezident “jiddiy kamchiliklari” uchun vazirni ishdan oldi
Olam
−
05 Sentabr 2019
21513Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Amandurdi Ishanovni "ishdagi jiddiy kamchiliklar uchun" Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri lavozimidan ozod qildi, deya xabar bermoqda Turkmenportal.
Uning o‘rniga Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlab kelgan Orazmirat Gurbannazarov Turkmanistonning yangi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri etib tayinlangan.
Orazmirat Gurbannazarov 1966 yilda Axal viloyati Baxerden tumani Murche qishlog‘ida tug‘ilgan. 1993 yilda S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini buxgalteriya hisobi va moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2009 yildan beri u bir qator mas’ul lavozimlarni egallab kelgan - Turkmaniston Oliy nazorat palatasi raisi, Turkmaniston qishloq xo‘jaligi vaziri, Turkmanistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Toshhovuz viloyati hokimi, Turkmaniston Oziq-ovqat sanoati davlatlari birlashmasining raisi. 2011 va 2017 yillarda ikki marta Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2018 yil aprel oyidan - Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi raisi.
LiveBarchasi