Prezident Janubiy Koreya Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
12:23 311 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yo‘l infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yo‘nalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakat Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Live
Barchasi