Prezident Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida bir qator ishlar amalga oshiriladi.

2024 yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

2024 yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temiryo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing