O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 54 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 215 nafarga oshib, 54 181 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘lqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafardan Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 50 441 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 3 292 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing