Prezident yuqori daromad keltiruvchi yangi tashabbusni ilgari surdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yuqori daromadli korxonalarni ko‘paytirish maqsadida yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda u bugun, 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida so‘z ochdi.

Aytilishicha, xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda elektrotexnika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 140 ta tayyor loyiha ishlab chiqilgan.

Bugungi ochiq muloqotda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga ham “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” loyihalari taqdimot qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu loyihalarning jami qiymati 10 milliard dollarga teng bo‘lib, ularda 60 mingta ish o‘rinlari yaratish, yiliga 5 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 2,5 milliard dollarlik eksport qilish ko‘zda tutilgan. Mazkur 140 ta loyiha elektron platformaga qo‘yilib, tadbirkorlarga ochiq-oshkora shartlar asosida taklif qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni ushbu dasturda ishtirok etishga chaqirgan. Ular qiziqish bildirsa, hozirdanoq shartnoma tuzilishi mumkinligi, joyi ham, mablag‘i ham, infratuzilmasi ham ayni paytda hal qilinishi ta’kidlangan.

Bildirilishicha, dasturga kirgan korxonalarga Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 10 yil muddatga past foizli kreditlar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing