Prezident yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalasida yig‘ilish o‘tkazyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bo‘lish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi. 

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Sohalar va yo‘nalishlar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish hamda ijrosini muhokama qilib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing