Prezident yaradorlarni ko‘rgani shifoxonaga bordi
Olam
−
18 Sentabr 2019
8150Bugun, 18 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 4-sonli Bishkek shahar klinik shifoxonasida davolanayotgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlarinining xolidan xabar oldi.
Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sabirbek Jumabekov qurbonlarning ahvoli va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam to‘g‘risida Prezidentga ma’lumot berdi.
U chegara mojarosida jabrlanganlarning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini, ular kechayu kunduz shifokorlar nazorati ostida va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanganini aytdi.
Prezident Sooronbay Jeenbekov barcha jabrlanganlarga shifo topishlarini tilab, tezkor choralar ko‘rganligi uchun tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. U davlat organlari barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatishini ta’kidladi.
Davlat rahbari Bishkekdagi 4-sonli klinik shifoxonada davolanayotgan jabrlanganlarning qarindoshlari bilan ham suhbatlashdi.
Jabrlanganlarga Prezident nomidan moddiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ro‘y bergan otishma davomida 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Ulardan 10 nafari davolanish uchun Qirg‘iziston Qurolli kuchlarining harbiy-transport samolyotlari bilan Bishkek shahriga yetkazilgan. Ayni vaqtda shifokorlar ularning ahvolini barqaror deb baholamoqda. Ulardan 5 nafari bugun operatsiya qilinishi mumkin.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayevning so‘zlariga ko‘ra, 3 nafar yaradorning og‘ir ahvoldaligi va ularni tashish imkoniyati yo‘qligi sabab Botkent viloyatining Laylak hududiy shifoxonasida davolash haqida qaror qabul qilingan.
LiveBarchasi