Prezident Yaponiyada qaysi sohalarga oid kelishuvlar imzolashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda joriy yil oxirida Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga amalga oshiradigan tashrifi bo‘yicha ma’lumot berildi. Unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga mo‘ljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani qayd etildi.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati bo‘yicha ma’lumot berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing