Prezident Yangi yil arafasida narxlar ko‘tarilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
16 dekabr 2020
4482Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 dekabr kuni O‘zbekiston Preziyednti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tanqidiy tahlil qilindi.
Videoselektor yig‘ilishida yana bir dolzarb masala – aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari atroflicha muhokama qilindi.
Avvalo Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishini inobatga olib, rastalarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, dehqon bozorlari va yirik savdo ob’ektlarida yarmarkalar tashkil etib, ularga tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish muhimligi aytildi.
Narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi hududlar kesimida tahlil qilindi. O‘tgan oylarda narx-navo nisbatan oshgan viloyat va tumanlar ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddi idoralarga har bir hududda shtablar tashkil qilib, bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasi holatlarining qat’iy oldini olish vazifasi qo‘yildi. Ichki va tashqi bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini, narx-navosini, mavjud ehtiyoj va talablarni kunlik tahlil qiladigan idoralararo ishchi guruh tuzilishi belgilandi.
LiveBarchasi