Prezident yana bir qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

“Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, fuqaroviy hamda xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish 2020 yil 30 yanvardan litsenziyalanishi talab qilinadigan faoliyat turi sanaladi.

Hozir ro‘yxatda ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra ijro jarayoniga jalb qilingan mutaxassis yozma xulosasini taqdim etish muddati davlat ijrochisi qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 kun etib belgilandi.

Ilgari muddat o‘rnatilmagan.

Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirishnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki mobil telefoniga qisqa xabar tarzida yuboriladi.

Qonun bilan shuningdek, ijro jarayoniga mediatsiya institutini joriy etishga oid qo‘shimchalar kiritildi.

Bunda professional mediatorning ishtiroki albatta talab etiladi.

“Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra ijro jarayonida mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilgan taqdirda, uni amalga oshirish davrida ijro ishini yuritish to‘xtatib turiladi, shuningdek mediatsiyani amalga oshirish muddati ko‘pi bilan 15 kunni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol litsenziya

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing