Prezident vazirlarning 90 foizi viloyatda o‘tirishi kerakligini gapirdi

Jamiyat

To‘ylarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz – Prezident north_east

To‘ylarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz – Prezident

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev senatorlar oldiga hududlarga chiqib, odamlar bilan muloqot qilib, ularning muammollarini o‘rganishi kerakligini, ishonchni oqlashi shartligi talabini qo‘ydi. 

“Senat joylarga borib, ishni amalda bajarish va odamlarni ishontirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishi kerak. Agar shuni qilsangiz, men bu tizimni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, deydi davlat rahbari. 

Prezident senatorlarning qishloqlarga borib, muammolarni o‘rganishiga to‘xtalarkan, “mana, sizlar qishloqlarga borsangiz, shoirlarimiz senator keldi deb she’r yozib yuborishadi”, deydi.

Davlat rahbari senatorlar vazirlarni ham muammolar mavjud bo‘lgan hududlarga olib borib, to o‘sha muammo hal etilmagunga qadar vazirni o‘sha yerda ushlab turishi kerakligini aytdi. “Men sizlarga shu vakolatni beraman”, deydi davlat rahbari. 

“Vazirlarimizning 90 foizi viloyatda o‘tirishi kerak, 10 foizi Toshkentda. Bizda esa aksincha, 10 foizi viloyatda, 90 foizi Toshkentda. Shunda ham Prezident topshiriq bersa, bir kunga davlatning puliga chipta olib, samolyotda borib keladi”, deydi Prezident. 

Prezident korrupsiya masalasiga ham to‘xtaldi. 

“Korrupsiya bo‘lmasa, o‘zimiz o‘g‘irlikka bosh bo‘lmasak, O‘zbekiston o‘zgaradi. Men bunga ishonaman. Ishonaman!”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Senat

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing