Prezident va Bosh vazir ham daromadlarini deklaratsiya qilishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda barcha davlat mansabdorlari qatorida Prezident va Bosh vazirning ham daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinishi kutilmoqda. Mazkur norma nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, tegishli organlarga taqdim etilgan. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari ma’lumot berdi. 

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva amaldorlar daromadini deklaratsiya qilish qachondan boshlanishi haqida gapirdi. 

“Hozirgi kunda deklaratsiya qonuni agentlik tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli organlarga kelishish uchun kiritilgan. Qonun qabul qilinsa, 2021 yilning o‘rtasida yoki oxirida amaldorlarning daromadlarini deklaratsiya qilish boshlanadi. Lekin, hozir aniq bir muddat aytish juda qiyin”, deydi Umida To‘xtasheva.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’sul xodimi O‘tkir Namozboyev daromadni deklaratsiya qilish qaysi doiradagi amaldorlarni qamrab olishini ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida mansabdor shaxslarning barchasi qamrab olingan: Vazirlar Mahkamasi, Prezident Administratsiyasi, hokimliklar, sud va prokuratura idoralari mansabdorlari. Shuningdek, agentlikning daromadlarni deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasida Prezident va Bosh vazir ham nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident AOKA deklaratsiya

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing