Prezident uy qurish muddati va tannarxini kamaytirish yo‘lini aytdi
Jamiyat
−
02 dekabr 2021 10962 1 daqiqa
Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Videoselektor yig‘ilishida zamonaviy materiallarni ishlatish hisobiga qurilish muddatini 30 foizga, tannarxni esa 20 foizga kamaytirish mumkinligi ta’kidlandi.
“Lekin, mamlakatimizdagi qurilishlarda zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish 25 foizga ham yetmaydi”, deydi Prezident yig‘ilishda.
Shu munosabat bilan kelgusi yilda qurilayotgan loyihalarning kamida 50 foizida zamonaviy mahsulotlar ishlatilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga qurilish xarajatlarini kamaytiradigan va energiya tejamkor yangi materiallarni shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritishga topshiriq berildi.
Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlarini transformatsiya qilish bo‘yicha qarorlar loyihasini kiritish topshirildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr