Voyaga yetmagan bolalarini qiynagan ota xalqdan uzr so‘radi (video)

Jamiyat

Bugun, 10 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak kishining chamasi 3-5 yoshlardagi ikki nafar bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani, ularga tazyiq o‘tkazayotganligi tasvirga olingan video tarqaldi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu videorolik joriy yilning 15 yanvar kuni olingan. Tasvirdagi erkak Namangan viloyati Chust shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan S.Po‘latov ekanligi aniqlangan.

Fuqaro S.Po‘latov voyaga yetmagan farzandlarini tashlab Rossiya Federatsiyasiga ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida o‘zi videoga olganligi va turmush o‘rtog‘iga yuborganligi, video turmush o‘rtog‘i tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilganligini ma’lum qilgan.

Fuqaro S.Po‘latov qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, ushbu holat fuqarolar orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.

“Ayni vaqtda Chust tumani IIB tomonidan holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Namangan

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing