Prezident o‘rnatgan moratoriy unutildimi? Olti oyda qancha daraxt kesib tashlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 2 ming 597 ta tabiatga zarar yetkazish bilan bog‘liq huqubuzarliklar sodir etilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Boqiyevga ko‘ra, sodir etilgan 2 ming 597 ta tabiatga zarar yetkazish bilan bog‘liq huqubuzarliklar oqibatida Davlat o‘rmon fondiga tegishli bo‘lmagan  4 mingdan ortiq 78 turdagi  qimmatbaho daraxtlar kesilishi kuzatilgan. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 6,7 milliard miqdorda zarar keltirilgan. 

“Aynan bir narsani misol tariqasida aytishim mumkinki, joriy yilning 6 iyul kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ham daraxt kesilish holatlari haqida OAV keng yoritdi. Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan 109 tub qimmatbaho turdagi daraxtlar kesib tashlangan. Ma’sul xodim oqibatini bilib turib, o‘z-o‘zidan daraxtlarni kesgani juda achinarli. Ushba kesilgan 109 tub daraxt kesilishi oqibatida mutasaddiga faqatgina 2 million 245 ming so‘m jarimaga tortilyapti, vaholanki, tabiatga sal kam 300 million zarar keltirilgan”, deydi qo‘mita raism. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.  Surxondaryo viloyati prokurturasi bu ishni nazoratga olgan. 

Mazkur jinoyatni sodir etgan uchastka bo‘lim boshlig‘i J.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mas’ul bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima solingan. O‘simlik dunyosiga 329 million 157 500  so‘m zarar yetkazilgani haqida ma’lum qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Shundan so‘ng, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Loyihada moratoriyni uzaytirish keng jamoatchilik taklifi ekani ta’kidlangan.

Unga ko‘ra, daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddatini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan.

Joriy etilgan maratoriy davrida sal kam 136 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

moratoriy

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing