Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
Jamiyat
−
12 mart
3270Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bu haqdagi tegishli farmon kecha, 11 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi va noqonuniy qazib olish ishlari oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Shuningdek, Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekistonda yangi sement zavodlari qurishga moratoriy e’lon qilinishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi