Prezident tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq, respublikada tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.

Mazkur majmualar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarga yoki tikuv-trikotajga ixtisoslashgan tadbirkorlarga 5 yilga, 10 foizdan oshmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

Tijorat banklari majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun qisqa muddatli kreditlar ajratadi.

Shuningdek, majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar 2022 yil 1 yanvargacha quyidagilardan ozod etildi:

•    tayyor tikuv-trikotaj majmualari ijaraga berilgan kungacha foyda va mol-mulk solig‘idan;
•    respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan.

“O‘zpaxtasanoat” AJga tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga birja orqali paxtani sotib olish huquqi berildi.

Majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar hisobidan jami 80 ming 880 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing