Prezident tibbiyotdagi monopoliyani qoraladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Biz bergan mablag‘ bemorgacha yetib boradigan tizim qilmagunimizcha, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi. Bemor o‘zi tanlasin: xususiyga boradimi yo davlatga. Unga tanlash huquqini berishimiz kerak. Monopoliya bo‘lishga haqqi yo‘q. Hamma sohada, tibbiyotda ham shunday. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 mart kuni o‘tayotgan tibbiyot xodimlari bilan muloqotida so‘z ochdi. 

Uning misol keltirishicha, ilgari tug‘ma yurak nuqsoni bor bolaga operatsiya uchun, respublika markaziga 3 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qolgan 20-30 million so‘mlik xarajatni esa, ota-onasi ko‘tarishga majbur bo‘lgan.

“Endilikda esa, ushbu operatsiya uchun zarur mablag‘ davlat tomonidan to‘liq qoplanmoqda va har bir bemor uchun manzilli ajratilmoqda.

Tibbiyot tizimidagi eng katta o‘zgarishlardan yana biri – davlat shifoxonalari bilan birga xususiy meditsina ham rivojlanmoqda. 

Masalan, avval bunday xizmatlar faqat stomatologiya bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir xususiy klinikalar deyarli barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda va ularning soni 8 mingtaga yetdi.

Xususiy tibbiyot uchun soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalarni qamrab olgan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. Natijada, birgina soliq imtiyozlari hisobidan, so‘nggi besh yilda xususiy sektor ixtiyorida 1,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing