Prezident telefon orqali Paralimpiada g‘oliblari bilan gaplashdi (video)

Sport

image

Bugun, 6-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilar, para yengil atletikachi Husniddin Norbekov va para dzyudochi bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Para dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu uning Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.

Para yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, 1-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini,O‘zbekistonga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Xalq nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.

Chempionlar yuksak e’tibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Husniddin Norbekov Sherzod Namozov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made