Bog‘ot hokimining “majburlovi” oshkor bo‘ldi, u jarimaga tortildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda majburiy mehnat taqiqlanadi. Biroq, bundan xabardor bo‘lgan amaldor, Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani hokimi fuqarolarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani to‘g‘risida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Xabarlarga qaraganda, Bog‘ot tumanida shu yilning 15 sentyabrdan hududdagi barcha shaharcha va qishloqlar aholisi, korxonalarning ishchi-xizmatchilari paxta terimiga safarbar qilingan. Shuningdek, hokim 19 sentyabr kuni shu masala bo‘yicha tumandagi 300 ga yaqin fermer xo‘jaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari mas’ullari, byudjet tashkiloti va idoralari rahbarlarini yig‘ib, kechki soat 20:30 dan 22:00 gacha majlis o‘tkazgan. 

Bog‘ot tuman moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezov qo‘l ostidagi xodimlarni paxta terimiga chiqargan.
Mazkur holatni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligida yuborilgan ishchi guruh Bog‘ot tumaniga yetib bordi.

Ishchi guruh Bog‘ot tumanida haqiqatan mehnat qonunchiligi me’yorlari buzilganini aniqladi. Shunga muvofiq, Bog‘ot tumani hokimi O.Xolboyev, Bog‘ot tumani moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov hamda Bog‘ot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan 2 million 230 ming so‘mdan 6 million 690 ming so‘mgacha, jami 15 million 610 ming so‘m miqdorda jarima tayinlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

hokimi Bog'ot tumani jarima to'ladi

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing