Qoraqalpog‘istondagi yangi tumanga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 14 sentyabr kuni xalq deputatlari Bo‘zatov tuman kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentning 20—21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida tumanni qayta tashkil etish bo‘yicha bir qator ahamiyatli vazifalar belgilab berildi. Davlat rahbarining chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanni qayta tashkil etish bo‘yicha taklifi aholi tomonidan xursandchilik bilan kutib oldi.

Bo‘zatov tumani 2004 yili Kegeyli va Chimboy tumanlariga biriktirilgan edi. Endilikda tumanni qayta tashkil etish orqali hududda mahalliy aholining ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash, hudud infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish, chorvachilikni, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt ichida tumanni qayta tashkil etish bo‘yicha Oliy Majlis Senati hamda Qonunchilik palatasining roziligi olindi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus qarori qabul qilindi. Bugungi kunda 4 ta sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, madaniyat, sport, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarning tuman bo‘limlarini tuzish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Jumladan, tumanni kompleks rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish uchun yangidan avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasini qurish, "Aspantay" va "Yerkindarya" kanallarini rekonstruksiyalash hamda nasos agregatlarini o‘rnatish, tuman markazini obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy ob’ektlarni qurish singari bir qator ahamiyatli dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Qaypanov Maxmud Tengelovich Bo‘zatov tumani hokimi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tuman hokimi

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing