Xorazmda salonida o‘quvchi qizlar bo‘lgan Cobalt ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida Cobalt rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 22 mart kuni Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan 4K 953 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruv jarayonida, haydovchisi Bog‘ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan N.X. (erkak) bo‘lgan Cobalt yo‘ldan chetga chiqib, ag‘darilib ketgan. YTHning sodir bo‘lishiga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan 2006 va 2007 yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Toshkentda 2000 yilda tug‘ilgan yigit boshqarib ketayotgan Cobalt ayanchli YTHga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Cobalt Bog'ot tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing