Andijon shahri hokimi do‘pposlandimi?
Jamiyat
−
16 Fevral 22065 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri hokimi Elyorbek Karimov hamda uning yordamchisi noma’lum shaxslar tomonidan do‘pposlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan hokim munosabat bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hech qanday voqea bo‘lgani yo‘q.
“Soppa-sog‘man, bunaqa narsa bo‘lgani yo‘q. Hayronman, qayerdan chiqdi bu gap, kimga kerak bo‘ldi? Mana, ish jarayoni ketyapti, ishlayapmiz. Bu ma’lumot yolg‘on”, deydi shahar hokimi.
Shuningdek, u ushbu yolg‘on xabar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mas’ul idoralar vakolatlari doirasida tekshiruv olib bormoqda va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan shaxslar aniqlanib, javobgarlikka tortiladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr