Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
21 aprel
9474Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon viloyati Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shaharning avvalgi hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov 2022 yilning 14 iyunidan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda u 19 aprel kuni viloyat hokimligiga chaqirilib, ariza yozdirilgani, bu qaror shahar bandlik bo‘limi boshlig‘ining ish vaqtida psixotrop modda iste’mol qilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi