Toshkent shahar hokimiga yangi “zam” tayinlandi

Jamiyat

image

Sanjar Omonxo‘jayevich Obidov Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar qator mas’ul lavozimlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Sanjar Obidov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent hokimi o'rinbosar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing