Prezident tashrifidan keyin Xorazmda uch tuman hokimi o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida uchta tumanga yangi hokimlar tayinlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Xaitov ma’lum qildi.

Xazorasp, Yangibozor, Yangiariq tumanlarida hokimlar o‘zgarishi va yangi To‘proqqa’la tumani tashkil etilishi kutilyapti.

Xorazm viloyati Matbot xizmati vakili hokimlar o‘zgarishi bo‘yicha hozircha aniq bir ma’lumot berilmagani, lekin bugun ushbu tumanlarning Xalq deputatlari kengashi sessiyasi o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-13 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga safar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing