Prezident sovg‘asi sifatida berilgan uyga soxta kadastr hujjati yasagan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida uy-joy uchun qalbaki kadastr hujjati tayyorlagan firibgarlar ushlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Joriy yilning 23 yanvar kuni IIVga fuqaro G.N. ariza bilan murojaat qilgan. Arizada ko‘rsatilishicha pul zarurligi tufayli u "Toxir" va "Gulmira" ismli shaxslardan 10 000 AQSH dollari qarzdor bo‘lib qoladi. Biroz vaqt o‘tgach ular bergan qarzlarini foizi bilan 17 300 AQSH dollari qilib qaytarib berishini talab qilishadi. 

Fuqaro G.N. buncha pul topolmagach, "Toxir" va "Gulmira" unga yashash xonadonini sotib, pullarni berishini talab qilgan. 

U esa ushbu xonadon ularga ko‘p bolali oila bo‘lishganligi uchun Prezident sovg‘asi sifatida berilganligini, uyning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmaganligini aytgan. 

IIV xabariga ko‘ra, bundan foydalangan "Toxir" va "Gulmira" firibgarlik yo‘li bilan mo‘may daromadni qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, unga uy uchun kadastr hujjatini tayyorlab berishlarini aytishadi. 

So‘ngra uyning kadastr hujjatini 10 000 AQSH dollari evaziga Mirobod tumani hokimiyatidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishganligini aytib, ushbu pullarni ham qo‘shib, jami 27 300 AQSH dollarini berishini talab qiladilar.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar U.T. va A.G.lar Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasidagi "Yalpiz" nomli kafeda ariza muallifi G.N.dan 27 300 AQSH dollarini olib, unga soxta kadastr hujjatini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida U.T. ushbu qalbaki hujjatni o‘ziga tegishli noutbukda yasaganligi aniqlanib, noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK Departamenti Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing