Prezident “Shirin” massivida ishlar sust borayotganini tanqid qildi
Jamiyat
−
11:35 1564 1 daqiqa
Samarqand shahridagi “Shirin” massivi qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilgan, biroq u yerda ishlar sust boryapti. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda so‘z ochdi.
Prezident Samarqand shahridagi “Shirin” massivi qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatgan. Biroq u yerda ishlar sust borayotgani tanqid qilingan: tadbirkorlarga atigi 19 gektar ajratilgan, qolgan maydonlar bo‘sh turibdi.
Massivni shahar markazi bilan bog‘laydigan ko‘prik 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi kerak edi. Viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini ko‘chirish hali ham boshlanmagan. Davlat idoralarining o‘zi faollik ko‘rsatmayotgani tadbirkorlarning sarmoya kiritish qarorlariga ta’sir qilayotgani aytilgan.
Shu bois, Yangi Toshkent uchun e’lon qilingan imtiyoz va imkoniyatlar “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi. U yerda ham investorlarga aniq loyihalar va ishlash uchun qulay shartlar taklif qilinishi lozim.
Live
Barchasi