Prezident shifokorlarni urib, so‘kib, haqoratlayotganlarni insofga chaqirdi

Jamiyat

image

Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq ko‘ngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda ushbu savolni kun tartibiga qo‘yib, tibbiyot xodimlariga nisbatan qo‘pol munosabatlarni qoraladi. 

“Ta’kidlash joizki, joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish (tajovuz) holatlari ham uchrab turibdi.

Shifokorga qo‘l ko‘tarish, uni so‘kib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq ko‘ngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning alohida urg‘ulashicha, endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga to‘sqinlik qilgan hamda tajovuz ko‘rsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.

“O‘zbekistonda “Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar” ekanini, hech kim esidan chiqarmasligi kerak! Bugungi anjumanda yana bitta muhim masalani alohida aytmoqchiman. Taniqli olimlar va xalqaro ekspertlarni jalb qilib, Sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishning vaqt-soati keldi”, deydi Prezident.  

Ta’kidlanishicha, u muhim hujjatda:

•    tibbiyot xodimlari hamda bemorlarning huquq va majburiyatlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida, qayta ko‘rib chiqiladi;

•    tibbiyot xodimlarining huquqiy himoyasi kuchaytiriladi;

•    fuqarolarning o‘z sog‘lig‘iga e’tibori va mas’uliyatini oshirish mexanizmlari joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing