Endi qurol uchun litsenziyani Milliy gvardiya beradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’ektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi. 

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tergov va tergovga qadar surishtiruvlarni o‘tkazish vakolatini berish ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.

 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya qurol litsenziya

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing