Prezident saroyidagi masjiddan fotoreportaj
Bu qiziq
−
26 Sentabr 2019
16767Turkiya o‘zining ko‘p va mahobatli masjidlari bilan dunyoga mashhur. Birgina Istanbulda 3269 ta, Konyada 3115 ta, Anqarada 2955 ta katta-kichik masjid qad rostlagan. Hatto Turkiya Prezidenti saroyida ham alohida jome masjid qurilgan.
Prezident majmuasidagi Beltepa millat masjidi 2015 yil 3 iyulda foydalanishga topshirilgan. Masjidning ichida 3000, hovlisida 4000 kishi ibodat qilishi mumkin.
Masjidning umumiy maydoni 5177 metr kv bo‘lib, har biri 59,30 metrli 4 ta minorasi bor. Inshootning asosiy gumbazi yerdan 30 metr balandlikda bo‘lib, diametri 21 metrni tashkil qiladi. Asosiy gumbazni to‘rt tomondan yarim gumbazlar o‘rab turadi.
Masjid o‘zida Usmonli turklar va zamonaviy turk me’morchiligi an’analarini mujassamlashtirgan. Ibodat qiluvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida masjidning oynalariga yorug‘likni kam o‘tkazuvchan qilib maxsus ishlov berilgan.
Masjidning asosiy eshigi marmar va metall uyg‘unligidan barpo etilgan. Masjid devorlaridagi yozuvlar xattot Husayn Kutlu qalamiga mansub.
Masjid oddiy fuqarolar uchun doim ochiq. Erkaku ayol, yoshu qari istagan vaqtda ibodat qilishi mumkin. Masjid tahoratxonasi esa bir vaqtda 138 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.
Suratlar muallifi Hotam Mamadaliyev
LiveBarchasi