Prezident samolyoti Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi
Jamiyat
−
11 iyul
8619Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, joriy yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochilgan. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi.
Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo‘lga qo‘yildi.
Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Aeroportda 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi ta’mirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
LiveBarchasi