Koronavirusga topshirilgan test necha kungacha yaroqli hisoblanadi?
Intervyu
−
22 iyul 2020
18229O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda koronavirusga test topshirish bilan jiddiy muammolar yuzaga keldi. Odamlar test topshirolmay, topshirganlar esa 5-6 kunlab, kamdan kam bo‘lsada 12 kunoab natijani bilolmay, sarson bo‘ldi. Ba’zilar test javobi kech chiqqani uchun, uning to‘g‘riligiga shubha bildirdi.
Shunday vaziyatda koronavirus testi qachongacha yaroqli bo‘ladi va qancha vaqtdan keyin uning natijasi ishonchsiz bo‘lib qolishini bilish muhim. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bilan suhbat davomida shu haqda savol berdik.
“Biz bir narsani bilishimiz kerak, koronavirusga olingan, ya’ni cho‘pda olingan namuna u suyuqlik bor probirkaga solinadi. Suyuqlikda esa konservant bor, u nafaqat bu virusni tirik saqlab beradi, balki ko‘paytirishga ham imkon beradi. Unda suyuqlik bor davrda suv qurib qoladigan bo‘lsa, imkoniyat chegaralanishi mumkin, negaki virus o‘ladi. Balki qoldiqlari qolishi mumkin.
Asosan bugun namuna olingandan keyin, bir necha soat ichida u qo‘yilishi kerak. Sakkiz soat davomida PZR ko‘radi, o‘qiydi, tekshiradi. O‘zi aslida, bugun olingan namunani natijasini ertasiga taqdim qilinadigan imkoniyat bo‘lishi kerak. Namunalar olinib uzoq muddat kutib qolinadigan bo‘sa, uni sifati va olingan natijani sifati ham buzilishi mumkin. Lekin qachonki topshirilgan natija 12 kundan so‘ng aniq bo‘lsa, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi”, deya javob berdi Nurmat Otabekov.
Nurmat Otabekov shu va boshqa savollarga qanday javob berdi? Ushbu videointervyuni to‘liq shaklda YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi