Pompeo ham koronavirus Uxan laboratoriyasidan chiqqanini ma’lum qildi

Olam

image

Rasmiy Vashingtonda COVID-19 koronavirusi Xitoyning Uxan laboratoriyadan kelib chiqqani haqida dalillar yetarli. Bu haqda AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi

“Biz boshidanoq koronavirus Uxanda paydo bo‘lgan deb aytdik. Ushbu virus Uxandagi o‘sha laboratoriyadan chiqqanligi haqida bizda ishonchli dalillar mavjud. Endi uni butun dunyo ko‘rishi mumkin“, deydi Bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, ko‘pgina mutaxassislar virus sun’iy ravishda kelib chiqqan deb hisoblashadi. Shu bilan birga u DNK tahlili asosida COVID-19 ning tabiiy kelib chiqishi haqida gapiradigan olimlarning hisobotlaridan ham xabardor ekanligini qo‘shimcha qildi.

Pompeo virus tarqalishi qasddan bo‘lganmi yoki laboratoriyadagi voqea natijasida ro‘y berganmi degan savolga javob berishdan bosh tortdi.

“Biz ushbu savollarning barchasiga javob olish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz mutaxassislarni u yerga yuborishga harakat qilmoqdamiz. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlar guruhni u yerga va boshqa laboratoriyalarga yuborishga harakat qilmoqda. Ammo Xitoy Kommunistik partiyasi ularga laboratoriyalarga kirishni taqiqlashda davom etmoqda“ deya qo‘shimcha qildi Pompeo.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ushbu virus laboratoriyadan tarqalgani haqida dalillar borligini iddao qilgandi. Ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan versiyaga ko‘ra, virus Uxan shahridagi tadqiqot laboratoriyasidan kelib chiqishini istisno qilinmaydi. Shu bilan birga, AQSH razvedka hamjamiyati COVID-19 sun’iy ravishda sintez qilinmagan deb taxmin qilishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Maykl Pompeo Uxan' Koronavirus kelib chiqishi

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing