AQSH Iroqdan 2,5 ming askarini olib ketdi
Olam
−
04 Oktabr 2020
6639AQSH Iroqdan 2500 nafar harbiysini olib chiqib ketdi. Bu haqda Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimi “El-Irakiyye” telekanali efirida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Anadolu" agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ar, Bag‘dod Vashington bilan strategik muloqotda katta yutuqlarga erishgan.
“Avvalroq amerika harbiylarni boshqa joyga ko‘chirish va harbiy kontingentni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishuvga erishilgandi. 2 500 amerikalik harbiy mamlakatni tark etib ulgurdi”, degan Kozimi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Iroq Bosh vaziri bilan uchrashganida Ammerika harbiy kontingentini mamlakatdan olib chiqibk ketishni tezlashtirishga va’da bergandi.
Avvalroq, AQSH Iroq va Afg‘onistondagi Amerika harbiylari sonini qisqartirish niyatida ekani xabar qilingandi.
LiveBarchasi