Suv tanqisligi bo‘yicha davlatlar reytingi e’lon qilindi
Jamiyat
−
08 avgust 2019
15707O‘zbekiston Dunyo resurslari instituti (World Resource Institute) tomonidan e’lon qilingan suv stressidan aziyat chekuvchi mamlakatlar reytingida 164 mamlakat orasidan 25-o‘rinni egalladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yuqori suv tanqisligi mavjud 27 davlatdan iborat guruhga kiritilgan. Ularning orasida Afg‘oniston (27-o‘rin), Turkiya (32-o‘rin), Qirg‘iziston (38-o‘rin), Portugaliya (41-o‘rin) va Italiya (44-o‘rin) bor.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Tojikiston va Qozog‘iston 51- va 60-o‘rinni egallab, o‘rtacha yuqori suv tanqisligi mavjud guruhga kiritilgan. Turkmaniston 15-o‘rinda qayd etildi va mintaqaning eng kam suvli mamlakati deb, topildi.
Reytingning birinchi beshtaligiga suv tanqisligi masalasi juda tanqis bo‘lgan davlatlar kiritildi. Qatar (1-o‘rin), Isroil (2-o‘rin), Livan (3-o‘rin), Eron (4-o‘rin) va Iordaniya (5-o‘rin) shular jumlasidan.
LiveBarchasi