O‘zbekistonda vazirlarning koronavirusdan himoya “qalqon”i bormi?

Jamiyat

O‘zbekistonda bugungacha koronavirusga chalinganlar soni 18 mingdan oshib ketdi. Shu vaqtgacha, turli soha xodimlari orasida koronavirus aniqlandi, ba’zilari vafot etdi. Ammo karantin boshlanganidan beri ishlashda davom etayotgan va ko‘plab odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan vazirlar va boshqa amaldorlar koronavirusga chalinmadi. Albatta, bundan keyin ham chalinishmasin.

Ammo buning sirini bilish barcha uchun qiziq. QALAMPIR.UZ muxbiri karantin boshlangandan beri ish boshida bo‘lib turgan  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bilan suhbatda koronavirus vazirlarni va boshqa yuqori martabali amaldorlarni chetlab o‘tishida ne sinoat borligi haqida ham so‘radi.

“Bilasizmi, biz koronavirus kasalligidan vafot etgan juda katta-katta odamlar haqida eshitdik. Ba’zi holatlarda vazir o‘rinbosarlari, yoki katta amaldorlarni shu virusdan vafot etganini bildik. Meni nazarimda bu holatdagi eng yaxshi himoya qo‘rg‘oni bu – sinchkovlik. O‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslik. Qolaversa, nafaqat o‘zini, balki sohasi vakillari oldida, jamiyat oldida mas’uliyati borligini his qilib yashash bu himoya qo‘rg‘oniga sabab bo‘lyapti. 

Yana bir jihat bu kabi odamlar doim hushyor bo‘ladi, mas’uliyatni his qiladi. Aytilgan tavsiyalarga rioya etadi. Qolaversa, biz aniq bilamiz ko‘pincha sog‘lom odamlar, buyuk bir iqtidor egalari o‘zlarini yaxshi parvarish qiladilar. O‘zini o‘tga cho‘qqa urgani bilan himoya qo‘rg‘oniga ega bo‘lgan odamlar, meni nazarimda tabiiy tanlanadi. Biz agarda o‘zimizni himoya qilsak, har qadamimizda xavf borligini his qilsak va unutmasak, mas’uliyatli odamlarda ichki imkoniyatlar ham ishga tushadi. Immun tizimi odamni nafaqat xohishidan, ichki imkoniyatidan balki turmush tarzi majbur qilganlikdan ham sergak va barqaror bo‘ladi. Meni nazarimda bu ruhiy xolat bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak”, deya javob berdi Otabekov savolga.

Biz hech bir inson kasal bo‘lmasligini tilaymiz. Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri shuni ko‘rsatdiki, u mansab, irq, millat, kasb-kor tanlamaydi. Agar shunday bo‘lganda edi Braziliya, Boliviya Prezidentlari, Buyuk Britaniya, Rossiya Bosh vazirlari, Britaniya va Monako shahzodalari, turli davlatlardagi ko‘plab vazirlar koronavrusga chalinmagan bo‘lardi.

Nurmat Otabekov shu va boshqa savollarga qanday javob berdi? Ushbu videointervyuni to‘liq shaklda YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

402

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing