Prezident Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Olam
−
01 mart 2023 5180 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Baku shahrida davlat rahbari Qo‘shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti yalpi sessiyada ishtirok etadi.
Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi, unda yetakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi