Prezident Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha sportchilar yozgi Olimpiya o‘yinlariga 41 ta, Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta yo‘llanma olgan.

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik darajasi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Olimpiya o'yinlari

Baholaganlar

58

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing