Prezident mudrab o‘tirgan ayrim rahbar o‘rinbosarlarini tanqid qildi
Jamiyat
−
16 yanvar 2024 11780 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Yig‘ilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilishi ta’kidlangan.
O‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etilib, ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga mas’ullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar o‘rinbosarlari o‘ziga mas’uliyat olmasdan, mudrab o‘tirgani tanqid qilindi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbari tizimni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq bergan.
Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga mas’uliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘ladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr