Prezident Mirzayevga ogohlantirish, Xidoyatovga “hayfsan” berdi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
16595O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga ogohlantirish berdi. Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov esa “hayfsan” oldi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda Toshkent shahridagi energetik inqiroz qattiq tanqid qilindi, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
Prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi.
Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.