Prezident minimum foiz bilan kredit ajratiladigan loyihalarni belgiladi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2019
32013Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
Kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (16 foiz) bo‘yicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (keyingi o‘rinlarda – vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘armalar) va boshqa jamg‘armalar hisobidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;
Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Jamg‘armalar resurslarining 2020-2022 yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.
LiveBarchasi