Lukashenko mamlakatni berib qo‘ymaslikni va’da qildi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 4 avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko yaqinlashib kelayotgan saylovdan oldin xalqi va parlamentga murojaat yo‘lladi.

Murojaatida raqobatchilari, qo‘lga olingan rossiyaliklar, koronavirus tarqalishi, Rossiya bilan munosabatlari haqida gapirgan Lukashenko so‘zi yakunida mamlakatni hech kimga berib qo‘ymasligini oshkora aytdi.

U Belarusni hech kimga berilmaydigan suyukli deb atadi. Mamlakatni oxirgi vaqtlarda Lukashenko ko‘p eslatib turgan, ammo kimligi hamon noma’lum bo‘lgan “ular” olib qo‘yishga urinyapti. 

“Sizlar roppa-rosa chorak asrga kech qoldinglar. Biz bugun kelajakni, mustaqil Belarus kelajagini qo‘limizda mahkam tutib turibmiz. Mamlakatni sizlarga bermaymiz. Mustaqillik qimmat turadi, ammo uni saqlab qolish va kelajak avloda yetkazish bunga arziydi. Bizning ortimizda Belarus, toza va yorqin, halol va chiroyli, mehnatsevar, ozgina sodda va biroz nozik, ammo u bizniki, suyuklimiz, suyuklilar berilmaydi”, deya murojaatini yakunladi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat rahbari oltinchi bor o‘z nomzodini ilgari surdi. U bu lavozimni 26 yildan beri egallab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing