Prezident maslahatchisi o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumatidagi rokirovkalar davom etmoqda. Bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Omonullo Zabihullayevich Nasriddinxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi. 

Nasriddinxo‘jayev endilikda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari o‘laroq faoliyat yuritadi. 

Ma’lumot o‘rnida, u 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. 2002 yilda esa Italiyadagi Bokkoni universiteti boshqaruv maktabini, 2016 yilda Harvard ishbilarmonlik maktabini bitirgan. 

Omonullo Nasriddinxo‘jayev

•    1994-1995 yillarda Markaziy Osiyodagi Jahon banki vakolatxonasining xalqaro tahliliy boshqarmasida;
•    1995−1998 yillarda Credit Suisse O‘zbekistondagi vakolatxonasida; 
•    1998−2000 O‘zbekistondagi Credit Suisse First Boston vakolatxonasida:
•    2005—2006 yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasida moliya masalalari bo‘yicha maslahatchi, shuningdek, tashkilot doirasida Markaziy Osiyoda ipoteka kreditini rivojlantirish loyihasi rahbari o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hukumat tarkibida o‘zgarish ro‘y berib, Bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning o‘rnini birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov egalladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Omonullo Nasriddinxo'jaev

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar