Qudbiyev DSQ raisi bo‘ladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Musayevdan keyin bo‘sh qoladigan DSQ raisi lavozimiga bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarayotgan Sherzod Qudbiyev tayinlanishi mumkin. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Davlat soliq qo‘mitasining raisi lavozimiga, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Sherzod Davlatovich Qudbiyev nomzodi ma’qullandi” degan Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Qudbiyev 2019 yil avgust oyi oxirida Prezidentning maslahatchisi etib tayinlangandi. 

Qudbiyev 2007−2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (vazirlikning avvalgi nomlanishi)da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, 2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.

2015 yildan 2018 yilning aprel oyigacha, ya’ni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lguniga qadar Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan. 2019 yil avgustigacha esa Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Qudbiev

Baholaganlar

230

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing