Prezident maslahatchisi Rustam Qosimovga rektorlik yuklatildi
Jamiyat
−
21 noyabr 2019
13464O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bugun, 21 noyabr kuni qabul qilgan qarori bilan Rustam Qosimovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
U bir vaqtning o‘zida Prezidentning Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu lavozimda shu kunga qadar Shuhrat Akmalovich Yovqochev faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 noyabr kuni O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga yana bir bor tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan tanishgan edi. Prezidentga Bosh vazir Abdulla Aripov va maslahatchi Rustam Qosimov hamrohlik qilgan.
LiveBarchasi