Prezident maktablarining qabul imtihonlarini onlayn kuzating

Jamiyat

image

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi (online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi.

Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz  havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon Prezident maktabi

Baholaganlar

56

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing