Prezident maktablarini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2019
3589Bosit Baxtiyorovich Tohirov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Avvalroq, mazkur Agentlikka direktor va uning birinchi o‘rinbosari tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Agentlik 2019 yil 9 sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish;
davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona shaklda muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga ilg‘or ta’lim shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, bag‘rikenglik tuyg‘ularini, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish;
xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar pedagogik kadrlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu muassasalardagi bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ishlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirish.
LiveBarchasi