Prezident maktablariga tanlov qanday tashkil etiladi? Shermatov javob berdi

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi shaklidagi Prezident maktablari tashkil etiladi. 

Prezident maktablariga qabul qilish respublika umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.

birinchi o‘quv yilida Prezident maktablarining har biriga 5-10-sinflarga 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

Prezident maktablarida ta’lim jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Prezident maktablari tashkil etilishi va davlat rahbarining qarori haqida so‘z ochdi. Unda shunday deyiladi: 

“Prezident maktablarini tashkil etish bo‘yicha kuni kecha qabul yoshlarimiz orasida o‘ziga xos iqtidorga ega bo‘lganlari uchun kelgusida o‘z iste’dodlarini namoyon etishga juda katta imkoniyatlar ochib beradi.

Bu jarayonni olmosni brilliantga aylanish jarayoniga o‘xshatsa bo‘ladi. E’tibor qaratilmasa, olmos ham oddiy toshga o‘xshab qadrsizdek ko‘rinishi mumkin, lekin haqiqiy ustasining qo‘lida u juda qimmatbaho brilliantga aylanadi.

Hozirgi kunda, mamlakatimizning turli chekka yerlarida yashayotgan yoshlar orasida iqtidorli o‘quvchilarimiz ko‘p. Prezident maktablarining maqsadi esa ana shunday o‘ziga xos iqtidorli yoshlarni vaqtida tanlay olish va ularga yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maqsadli ta’lim va tarbiya berilishidir.

Shu maqsadda, Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan eng asosiy va eng qiyin vazifa ham aynan tanlov jarayonini xolis va to‘g‘ri tashkil qilishdir. Albatta, zamonaviy bino va o‘quv jihozlar bilan ta’minlash, o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish ham juda muhim vazifadir. Lekin tanlov to‘g‘ri tashkil etilmas ekan, katta mablag‘ sarf qilinadigan bunday ishlarning ham samarasi yuqori bo‘lmasligi aniq.

Tanlovni to‘g‘ri va xolis tashkil etish uchun nufuzli xorijiy hamkor tashkilotni jalb etish rejalashtirilgan va hozirda qator tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident maktablari Sherzod Shermatov

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing